Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida O‘zbek tiliga bag‘ishlangan “Davlat tili” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati davomida o‘zbek tilining kelib chiqish tarixi, davlat tili sifatida tan olinishi, shuningdek, uning hozirgi kunda dunyo miqyosida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar o‘zbek tili xalqimizning eng qadimiy va boy meroslaridan biri ekanini, uni asrab-avaylash va yanada rivojlantirish har bir fuqaroning burchi ekanini ta’kidlashdi.

Tadbirda shuningdek, tilning jamiyat hayotidagi o‘rni, davlat idoralarida uning qo‘llanilish holati hamda yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar “Ona tilimiz – millat faxri” shiori ostida davlat tili mavzusiga bag‘ishlangan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir iliq va samimiy ruhda yakunlandi.
Tayyorladi: Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi J.Islamov