Korxonamizning kasaba uyushmasi tashabbusi bilan har yili xodimlarga respublika bo‘ylab sayohat qilish imkoniyati berilmoqda. Surxondaryo viloyati EMMX xodimlari uchun ham qadimiy va go‘zal Buxoro shahriga sayohat tashkillashtirildi.
Buxoro jahonning eng qadimiy va tarixiy-me’moriy obidalarga boy go‘zal shaharlaridan biri bo‘lib, u azaldan Islom olamida yuksak nufuzga ega bo‘lgan. Buxoro hududida ulkan tarixiy ahamiyatga ega muqaddas qadamjolar, masjidu maqbaralar, minoralar va madrasalar joylashgan bo‘lib shulardan “Bahovuddin Naqshband” ziyoratgohi, “Vobkent minorasi” hamda “Sultonul Orifin” maqbarasi, “Mir arab” maqbarasi va boshqa Islom avliyolarining maqbaralari sayohatchilarimiz tomonidan ziyorat qilindi.
Ikki kunlik sayohat davomida ishchi xodimlar Buxoro shahrining go‘zalligi hamda tarixini yanada mukammal o‘rganib, ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi, mazkur sayohat xodimlarda katta taassurotlar qoldirdi.
Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati
2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.