EMMM yangiliklari

Surxondaryo viloyati EMMXda ochiqlik va shaffoflik tamoyillari muhokama qilindi

Jamiyatning taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan sabablardan biri, shubhasiz, korrupsiyadir. Bu illat nafaqat iqtisodiy oʻsishni sekinlashtiradi, balki ijtimoiy adolat poydevoriga ham putur yetkazadi. Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan boʻlib, u maxsus davlat dasturlarini qabul qilish va hayotga tatbiq etish orqali tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

photo2026-06-0417-55-38.jpg

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan navbatdagi davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar ushbu global muammoga qarshi yurtimizda qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ular amaliy hayotga izchil tatbiq etilayotganligini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

photo2026-06-0417-55-42.jpg

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad nima?

Ushbu uchrashuvning bosh gʻoyasi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha eng muhim vazifalarimizdan biri — xodimlarning ongini tubdan oʻzgartirish hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini shakllantirishdan iboratdir.

photo2026-06-0417-55-46.jpg

Mutaxassislarning fikricha, quruq taqiqlar yoki jazo choralari bilan muammoni butunlay ildizidan sugʻurib tashlash qiyin. Bu muammoni hal qilish uchun, birinchi navbatda, xodimlarning ish faoliyatini ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asosan tashkil etish lozim. Aynan mana shu shaffoflik muhiti korrupsion holatlarning oldini olishda eng samarali qalqon hisoblanadi.

Zero, korrupsiyaga qarshi kurashish — faqatgina masʼul idoralarning emas, balki shu jamiyatda yashayotgan har bir fuqaroning, har bir xodimning burchidir.

 

Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi J.Islamov

Faylni tanlang