"EMMM" DUK yangiliklari

Surxondaryo viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasida o‘quv seminari tashkil etildi.

Surxondaryo viloyat EMMX xodimlari  2024-yil 16-sentabr kuni Surxondaryo viloyati Denov tuman IIBda O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan noqonuniy foydalanilishini oldini olishga qaratilgan o‘quv seminari o‘tkazdi. Yig‘ilishni Denov tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Sh.A.Narmuratov kirish so‘zi bilan ochib, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan noqonuniy foydalanilishini oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda Surxondaryo viloyat EMMX bilan hamkorlikda  ishlashning samaradorligi haqida gapirib o‘tdi.

 

dsfgnfbav769x577.jpg

dfsbbfdbsadf755x566.jpg

Tadbir davomida Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati        2-toifali muhandisi Nabiyev Samadjon Safar o‘g‘li so‘zga chiqib, Denov tuman hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanganda, ushbu holat yuzasidan tashkil etilgan tadbirlarda ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari bilan bevosita hamkorlikda ushbu radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan noqonuniy foydalanish holatlarini hujjatlashtirish, noqonuniy holatlarni bartaraf etish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishda va huquqbuzarlarga qonuniy choralar ko‘rishda hamkorlikni ta’minlash zarur ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Tushuntirishlar davomida, profilaktika inspektorlariga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar haqida va ularning turlari, ulardan foydalanish tartibi, noqonuniy foydalanish holatlari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun ruxsatnomalar berish tartibi, foydalanishda ruxsatnomalar talab etilmaydigan radioelektron  vositalar va yuqori chastotali qurilmalar haqida to‘liqligicha ma’lumot berdi.

vareg1000x750.jpg

nhetyhjjr1000x750.jpg

 

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati 

 2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.

Faylni tanlang