"EMMM" DUK yangiliklari

Surxondaryo viloyatida bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi

2023-yil 30-mart kuni Surxondaryo viloyati EMMX muhandislari tomonidan Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining tegishli bo‘limi, TIF va chegara bojxona posti xodimlari o‘rtasida “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.


 

Ushbu o‘tkazilgan o‘quv-seminar mashg‘uloti davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-son qarori 4-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish tartibi to‘g‘risida NIZOM” to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi tomonidan sohaga doir qabul qilingan qarorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar berildi.


 

O‘tkazilgan o‘quv-seminar mashg‘uloti davomida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining tegishli bo‘limi, TIF va chegara bojxona posti xodimlari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblarni oldilar.

 

Tayyorladi: Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Nabiyev S.S.

Faylni tanlang