"EMMM" DUK yangiliklari

Surxondaryo viloyatida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

Joriy yilning 14-oktabr kuni Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan "O'zbektelekom" AK  Surxondaryo filiali binosida  “Yong‘indan ogohlik” oyligi doirasida obyekt maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati EMMXning FM bo‘yicha guruh xodimlari tomonidan muassasa hududida favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda holatlarda korxona ishchi-xodimlari va moddiy boyliklarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, yong‘inni bartaraf etish kabi amaliy harakatlar bajarildi.

photo2025-10-1511-10-53.jpg

Ushbu mashg‘ulotning asosiy maqsadi — xodimlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, mavjud xavfsizlik tizimlarining samaradorligini sinovdan o‘tkazish hamda muassasa rahbariyati va xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yaxshilashdan iborat bo‘ldi.

photo2025-10-1511-10-58.jpg

Mashg‘ulot jarayonida har bir ishtirokchining o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish sifati, texnik vositalardan to‘g‘ri foydalanish va xavfsizlik qoidalariga rioya etish darajasi o‘rganildi. Sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, xodimlar belgilangan tartibda harakat qila olishadi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli holatlarda zarur chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olishadi.

photo2025-10-1511-11-03.jpg

Shuningdek, mashg‘ulot davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusida ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan o‘zaro fikr almashinuvi o‘tkazildi va mashg‘ulotning ahamiyati yuqori baholandi.

photo2025-10-1511-11-07.jpg

photo2025-10-1511-11-12.jpg 

 

Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi J.Islamov

Faylni tanlang