"EMMM" DUK yangiliklari

Surxondaryo viloyatida noqonuniy radiostansiyalar aniqlandi

Surxondaryo viloyatida 2025-yil rejasiga asosan, huquq-tartibot organlari va “O‘zkomnazorat”ning hududiy inspeksiyasi tomonidan noqonuniy radioelektron vositalarni aniqlashga qaratilgan hamkorlikdagi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlarda “O‘zkomnazorat”ning Surxondaryo viloyati hududiy inspeksiyasi xodimlari, Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Angor tumani va Qiziriq tumanlaridagi maishiy xizmat ko‘rsatish joylarida noqonuniy faoliyat yuritayotgan 37 dona radiostansiya aniqlandi. Ushbu radioelektron vositalar egalariga efirda radioxalaqitlar yuzaga keltirayotgani va radiochastota spektridan noqonuniy foydalanayotganliklari tushuntirildi.

Noqonuniy radioelektron vositalardan foydalanish tegishli qonun hujjatlariga zid bo‘lib, u aloqa tarmoqlarining barqaror ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, bunday qurilmalar radioxavfsizlikka tahdid solib, davlat va tijorat tuzilmalari faoliyatiga xalal berishi mumkin.

Huquq-tartibot organlari va “O‘zkomnazorat” kelgusida ham noqonuniy radioelektron vositalarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlarini davom ettirishni rejalashtirmoqda.

 

 

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati 

 2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.

Faylni tanlang