"EMMM" DUK yangiliklari

Surxondaryo viloyatida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni noqonuniy olib kirishga qarshi o‘quv-seminar o‘tkazildi

2025-yil 4-aprel kuni Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasida Surxondaryo viloyati EMMX  xodimlari tomonidan bojxona organlari xodimlari uchun o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni noqonuniy olib kirish holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

ewffffffffffffffffffffasdf1000x750.jpg

O‘quv-seminar davomida ishtirokchilar, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni noqonuniy olib kirish holatlari aniqlanganda, bojxona organlari bilan hamkorlikda bu holatlar yuzasidan qanday chora-tadbirlar ko‘rish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, huquqbuzarliklarni hujjatlashtirish va qonuniy choralar ko‘rish lozimligi haqida batafsil ma’lumot oldilar.

dsvsdvasas1000x750.jpg

Shuningdek, EMMX xodimlari seminar davomida, Surxondaryo viloyatidagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatlarni aniqlash yuzasidan tadbirlar tashkil etishni va bu tadbirlar davomida aniqlangan huquqbuzarlik holatlarini hujjatlashtirishni ta’minlash zarurligini ta’kidladilar.

vdvzxczxc1000x750.jpg

Bojxona va EMMX xodimlari o‘rtasida faol hamkorlikni ta’minlash, o‘zaro tajriba almashish va samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali, noqonuniy faoliyatni bartaraf etishda muhim rol o‘ynashga qat’iy e’tibor qaratildi.

 

Tayyorladi: Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi J.Islamov

Faylni tanlang