"EMMM" DUK yangiliklari

Surxondaryoda noqonuniy radioelektron vositalarni aniqlash bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati Termiz shahri hududidagi qurilish inshootlarida Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari hamda Termiz shahar Ichki Ishlar Boshqarmasi bilan hamkorlikda maxsus tadbirlar tashkil etildi. 

photo2025-09-1611-48-15.jpg

Mazkur tadbir davomida respublikamiz hududida foydalanishga ruxsat etilmagan radioelektron vositalardan foydalanish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Ushbu tadbir davomida 6 dona Baofeng rusumli ratsiyadan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. 

photo2025-09-1611-48-21.jpg

Bunday tekshiruvlar nafaqat elektromagnit muhit barqarorligini ta’minlash, balki aholining xavfsizligini kafolatlashda ham muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan tadbirkorlarga radioelektron vositalardan foydalanishda amal qilinishi lozim bo‘lgan me’yoriy talablar haqida tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Bunday hamkorlikdagi tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilib, noqonuniy radioelektron vositalardan foydalanishning oldini olish, telekommunikatsiya tizimlarini barqaror va xavfsiz ishlashiga zamin yaratadi.

   

Surxondaryo viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi J.Islamov

Faylni tanlang