"EMMM" DUK yangiliklari

Tarixiy obida va muzeyga sayohat

Joriy yilning 11-oktabr kuni Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari uchun Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrining tarixiy me’moriy obidasi – Qo‘qon xoni Xudoyorxon o‘rdasi hamda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridagi “O‘lkashunoslik” muzeyiga ekskursiya tashkil qilindi. 

photo2025-10-1411-25-00.jpg

Ekskursiya davomida Xudoyorxon o‘rdasining me’moriy tuzilishi, Qo‘qon xonligining tarixiy ahamiyati va unda saqlanayotgan eksponatlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi “O‘lkashunoslik” muzeyida saqlanayotgan noyob tarixiy eksponatlar, arxeologik topilmalar, milliy hunarmandchilik namunalari hamda Farg‘ona viloyatiga oid boy madaniy meros haqida keng qamrovli ma’lumotlar olindi.

photo2025-10-1411-25-11.jpg

 

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi D.B.Alimdjanov

Faylni tanlang