Soha yangiliklari

TATU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash markazida seminar-trening o‘tkazildi

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari tomonidan joriy yilning 8-fevral sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli OTM lardan tashrif buyurgan Axborot tizimlari va texnologiyalari hamda Kompyuter injiniringi yo‘nalishida malaka oshirayotgan professor-o‘qituvchilarga  “My.gov.uz portalidan samarali foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda tinglovchilarga Yagona portalda joriy etilgan imkoniyatlar, yangi turdagi elektron xizmatlar va ulardan foydalanish tartibi tushuntirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan savollariga soha mutaxassislari batafsil javob berishdi.

Faylni tanlang