"EMMM" DUK yangiliklari

TATU Nukus filialida o‘quv-seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hududiy sho‘basi, Muhammad al‑Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida soha korxona tashkilotlari tomonidan talabalarga o‘quv seminarlar tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

fgsdf1000x750.jpg

Ushbu rejaga muvofiq joriy yilning 10-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatining mutaxassislari N.Narimov  va A.Shimbergenovlar tomonidan filial talabalariga “Milliy radiomonitoring tizimi” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

dfhgdfg1000x750.jpg

O‘quv-seminarda “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti dekani, PhD, B.Fayzullayev, dekan o‘rinbosari U.Turumbetov va filialning 2-kurs talabalari qatnashdi.

cvbcvb1000x750.jpg

Seminar o‘zaro muloqot shaklida tashkil qilindi va talabalarning mavzu va faoliyatimiz bo‘yicha qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-toifali muhandisi N.Narimov

Faylni tanlang