O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hududiy sho‘basining, Muhammad al‑Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida soha korxona tashkilotlari tomonidan talabalarga o‘quv seminarlar tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Ushbu rejaga muvofiq joriy yilning 4-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatining mutaxassislari A.Matyakubov va A.Shimbergenovlar tomonidan filial talabalariga “Milliy radiomonitoring tizimi” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
O‘quv-seminarda “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti dekan o‘rinbosari U.Turumbetov, “Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedra mudiri PhD D.Esbergenov, professor-o‘qituvchilar va 3-kurs talabalari qatnashdilar.
Faoliyatimiz haqida ma’lumotlar berilgandan keyin seminar talabalar bilan o‘zaro muloqot shaklida tashkil qilindi. Talabalarning mavzu va faoliyatimiz bo‘yicha qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.