“Elekromagnit moslashuv markazi” Davlat unitar korxonasining 2023‑yil 4‑apreldagi ““EMMM” DUK korxonasiga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarini jalb etish va biriktirish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 13-F-sonli farmoyishiga muvofiq korxonamiz uchun malakali kadrlar tayyorlash va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish vazifalari belgilab o‘tilgan.
Ushbu farmoyishga muvofiq joriy yilning 26-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatining mutaxassislari N.Narimov va A.Shimbergenovlar tomonidan Muhammad al‑Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali talabalariga “Milliy radiomonitoring tizimi” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
O‘quv-seminarda “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti dekan o‘rinbosari U.Turumbetov va filialning 2-kurs talabalari qatnashdilar.
Seminar o‘zaro muloqot shaklida tashkil qilindi va talabalarning mavzu va faoliyatimiz bo‘yicha qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX
1-darajali radiooperatori Shimbergenov A.A.