Soha yangiliklari

TATU Samarqand filialida talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialida yangi qurilgan talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R. Qobilov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B. Mahkamov, filial rahbar va xodimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Mazkur talabalar turar joyi “Gulom Xusen Building” MCHJ bilan hamkorlikda davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan bo‘lib, 400 o‘ringa mo‘ljallangan. Talabalar turar joyi 4 qavatdan iborat bo‘lib, unda kutubxona, madaniyat maskani, “Workout” maydonchasi mavjud. Shuningdek, tadbirkor tomonidan binoda talabalarga turar joy xizmatlari bilan birgalikda qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
Faylni tanlang