"EMMM" DUK yangiliklari

TATU talabalari “EMMM” DUKga tashrif buyurdi

Joriy yilning 29-oktabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi Trening markaziga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Radio va mobil aloqa fakulteti talabalari tashrif buyurishdi.

photo2025-10-3117-08-05.jpg

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — talabalar uchun milliy radiomonitoring tizimi, radiochastotalarni taqsimlash va berishda elektromagnit moslashuvni ta'minlash, o‘lchash tizimlari hamda amaliy tajriba jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratishdir.

photo2025-10-3117-08-11.jpg

photo2025-10-3117-08-16.jpg

Dastur davomida “EMMM” DUK mutaxassislari korxona faoliyati, radioaloqa tizimlarining elektromagnit muvofiqligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar, xalqaro standartlar talablari va ilg‘or texnologik uskunalar haqida batafsil ma’lumot berishdi.

photo2025-10-3117-08-20.jpg

Shuningdek, talabalar Trening markazining laboratoriya xonalari va o‘quv-uslubiy jihozlari bilan tanishib, o‘lchash jarayonlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

photo2025-10-3117-08-25.jpg

Tadbir yakunida talabalar va korxona mutaxassislari o‘zaro savol-javob tarzida muloqot olib borishdi. Bunday uchrashuvlar yoshlar uchun amaliy ko‘nikmalarni oshirish, ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

photo2025-10-3117-08-30.jpg

photo2025-10-3117-08-36.jpg

Faylni tanlang