Soha yangiliklari

Technovation Uzbekistan hududlarga "tashrif buyuradi"

Toshkent shahridagi Inha universitetining o‘zbekistonlik xotin-qizlar o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni targ‘ib etishni maqsad qilgan Technovation Uzbekistan loyihasi tashkilotchilari joriy yilning 2 fevralida hududlar bilan onlayn aloqa o‘rnatdilar. 

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘tkazilgan video-anjuman universitetning Samarqand, Farg‘ona, Qarshi, Urganch hamda Nukus shaharlaridagi bo‘linmalarini qamrab oldi. Unda universitetda, kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan, shuningdek Technovation Uzbekistan loyihasida ishtirok etish istagidagi xotin-qizlar ishtirok etdilar.

Video-anjuman mobaynida har bir hududda loyihani tashkil etishda ishtirok etuvchi Xotin-qizlar qo‘mitasi va TATU bo‘linmalarining koordinatorlari belgilandi. Video-anjuman orqali reja va vazifalarni har oyda 1 marotaba virtual tizim orqali muhokama qilish kelishib olindi. 

Tashkilotchilar Technovation loyihasini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun TATU hamda Xotin-qizlar qo‘mitasiga minnatdorchilik bildiradi.

Manba: InfoCOM.UZ

Faylni tanlang