Joriy yilning 19-noyabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi xodimlari “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga tashrif buyurdilar.
Korxona xodimlari tashrif chog‘ida muzey ekspozitsiyasidagi Amir Temur va uning avlodlarining Yevropa mamlakatlari monarxlari bilan bo‘lgan ko‘plab yozishmalari, buyuk sarkarda tasvirlangan rasmlar, miniatyuralar, mamlakatimizda Temuriylar sulolasi tomonidan qurilgan mashhur inshootlarning maketlarini tomosha qildilar.