Soha yangiliklari

Endilikda arxiv ma’lumotlarini onlayn tarzda olish mumkin

Yagona portalda (my.gov.uz) va uning mobil ilovasida “Mavzuli so‘rovlarni ijro etish” nomli xizmat joriy etildi. Yagona portalda ushbu xizmat orqali yer va uy-joy ajratish, xususiylashtirish, aholi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha hokimlik qarorlari, turarjoy, meros, vorislik hamda  1941-1945 yillarda O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan shaxslar haqida ma’lumotlar olish va boshqalar qamrab olingan. Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash, turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash, mulk huquqini aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish, evakuatsiyani aniqlash kabi xizmatlarning narxlari belgilangan bo‘lib, ushbu xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanilganda 10 foiz chegirmaga ega bo‘lasiz. Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Mazkur xizmatdan quydagi havola orqali foydalanish mumkin: https://my.gov.uz/uz/service/517
Faylni tanlang