"EMMM" DUK yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texonologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texonologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur oʻtkazildi.
Press-tur davomida ishtirokchilar Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati, “Oʻzbektelekom” AK Buxoro filiali, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Buxoro filiali va “Uzmobile” filiali Buxoro bogʻlamasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Ushbu tadbirni tashkil etishdan maqsad, viloyatda axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar, telekommunikatsiya va raqamlashtirishdagi olib borilayotgan samarali ishlar bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirishdan iboratdir.
Press-tur davomida Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatining asosiy vazifalari hamda hozirgi kunda amalga oshirib kelinayotgan ishlar va o‘lchov vositalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

 

 

 

Faylni tanlang