GSM/CDMA/WCDMA/LTE/5G tarmoqlarida ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari sifati va radio qamrovi xususiyatlarini qiyosiy baholash

Sizning kompaniyangiz o‘z xodimlari va mijozlari uchun uzluksiz va sifatli aloqani ta’minlashni istaydimi?
“Elektromagnit moslashuv markazi“ DUK turli hududlar va obyektlarda aloqa xizmatlari sifati va radioqamrovi xususiyatlarini mustaqil qiyosiy baholash o‘tkazish bo‘yicha kompleks xizmatlarni taklif etadi.
Tadqiqot obyektlari:
•Ma’muriy va viloyat markazlari
•Davlat va xalqaro trassalar
•Temir yo‘l yo‘nalishlari
•Aeroportlar va vokzallarning binolari va hududlari
•Istirohat bog‘i va dam olish joylari
•Ofislar va ma’muriy binolar
Bizning xizmatlarimizga quyidagilar kiradi:
1.Radioqamrovning tahlili:
Signal darajasi va turli operatorlarning mavjudligini baholash;
Aloqa sifati yetarli bo’lmagan zonalarni aniqlash;
2.Xizmatlar sifatini qiyosiy baholash:
P.863 ( POLQA) algoritmlaridan foydalangan holda ovozli xizmatni sinovdan o’tkazish;
Ma’lumotlarni uzatish xizmatlarini, jumladan, Ookla tomonidan Speedtest, FTP, HTTP, WEB browsing, You tube va boshqalarni baholash.
Bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlash:
-Microsoft Power Point va Adobe PDF formatidagi taqdimotlar;
-Natijalarni ko‘rgazmali tarzda aks ettirish uchun GOOGLE formatidagi yoki grafik ko‘rinishdagi xaritalar;
-Ma’lumotlarni qulay tahlil qilish uchun MS Excel dormatidagi elektron jadvallar.
Korxonamiz olingan ma’lumotlarning to‘liq maxfiyligini va ishlarni bajarish muddatlariga qat’iy rioya etilishini kafolatlaydi. Biz mijozlarimizning ishonchini qadrlaymiz va uzoq muddatli hamkorlikka intilamiz.
Batafsil ma’lumot olish va loyiha qiymatini hisoblash uchun cemc.uz saytida ariza qoldiring.