"EMMM" DUK yangiliklari

Til – davlat timsoli, mulki!

Insoniyat shakllanishining dastlabki davrlaridanoq o‘z fikr-mulohazalarini turli yo‘llar bilan ifodalash usullariga ehtiyoj sezila boshlagan. Odamzodning eng buyuk fazilatlaridan biri til vositasida so‘zlagan holda, fikrini bayon qila olishidir. Ushbu xislat natijasi o‘laroq tilga bo‘lgan munosabat shakllanagan. Insoniyatning millat va qavm bo‘lib taraqqiy etishi esa “ona tili” tushunchasining yuzaga kelishiga asos bo‘lgan. Shu sababli, til tarixini, uning shakllanish jarayonini, taraqqiy etishini millat tarixidan alohida o‘rganib bo‘lmaydi.

Yangilanayotgan O‘zbekistonning bugungi bosqichi — milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning nufuzini yanada oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.         

2020-yilning 10-aprelida “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining imzolanishi, ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmatimizni aks ettiruvchi muhim hujjat bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida ushbu sana munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. Tadbirga S.Nasafiy nomidagi Qashqadaryo viloyati Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Go‘zal Haydarova taklif etildi. 

fcsdasas1000x750.jpeg

 

Ma’ruzachi tomonidan tadbir ishtirokchilariga ona tilimizning tarixiy ildizlaridan tortib davlat tili maqomini olish jarayonigacha bo‘lgan qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilgan holda, fikr-mulohazalar almashildi.

 

Tayyorladi: Qashqadaryo viloyati EMMX 2-toifali muhandisi  Sh.R. Jalilov

Faylni tanlang