2026-yilning 6-yanvar kuni Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari uchun “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida “Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi” Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi boshlig‘i Abdiyev Murodqosim ishtirok etdi.
U o‘z ma’ruzasida O‘zbek tilining tarixiy shakllanish jarayoni, bugungi kundagi nufuzi va xalqaro maydondagi o‘rni haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, u til madaniyatini yuksaltirish, rasmiy ish yuritishda adabiy me’yorlarga rioya qilish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash zarurligini alohida ta’kidladi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.


Yakunda, ona tilimizning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning birlashtiruvchi kuchi va milliy qadriyat sifatidagi ahamiyati yana bir bor e’tirof etildi. Tadbir ishtirokchilarida ona tilimizga nisbatan faxr va g‘urur tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.
Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX 2- toifali muhandisi B.B.Djaniyev