EMMM yangiliklari

Til – millat ko‘zgusi va ma’naviyat timsoli

Xalqimizning milliy g‘ururi va ma’naviy ko‘zgusi bo‘lmish o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga bu yil 37 yil to‘ldi. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Til – millat ko‘zgusi va ma’naviyat timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, urf-odatlari hamda turmush tarzini namoyon etuvchi bosh omil ekanligi alohida e’tirof etildi.

photo2026-10-1215-40-13.jpg

Suhbat davomida o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilash yo‘lida yengib o‘tilgan mashaqqatli bosqichlar, bugungi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat tilini yangi taraqqiyot pog‘onasiga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar atroflicha tahlil qilindi.

photo2026-10-1215-40-17.jpg

Ayniqsa, 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga muvofiq, 21-oktabr sanasi “O‘zbek tili bayrami” kuni etib belgilangani milliy o‘zligimizni yanada teran va chuqur anglashimizda muhim burilish nuqtasi bo‘lgani ta’kidlandi.

photo2026-10-1215-40-21.jpg

Tadbirda millatning faxri va g‘ururi bo‘lmish o‘zbek tilini asrab-avaylash va uning barhayotligini ta’minlash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani uqtirildi. Xususan, Surxondaryo viloyati EMMX xodimlari ham kunlik ish faoliyati va hujjatlar yuritishda o‘zbek tili me’yorlariga qat’iy rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqdalar.

Davra suhbati yakunida ma’rifatparvar adibimiz Abdurauf Fitratning ushbu o‘tli va chuqur ma’noli so‘zlari yodga olindi:

“Dunyoning eng boy, eng go‘zal va eng latif tili — o‘zbek tilidir. Onamizning sutiga qo‘shilib vujudimizga kirgan bu tilni asramoq, uni toza va pokiza holda kelajakka yetkazmoq barchamizning muqaddas burchimizdir.”

Ona tilimizni e’zozlash va uni kelajak avlodga toza va boy holda yetkazish — barchamizning umumiy va asosiy burchimizdir.

 

Tayyorladi: Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati

2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.

Faylni tanlang