Soha yangiliklari

Tokio shahrida O‘zbekiston-Yaponiya biznes-forumi forumi bo‘lib o‘tdi

16 dekabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston-Yaponiya biznes-forumi forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tomonidan vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari, Yaponiya tomonidan esa ishbilarmon doiralar vakillari – yirik xoldinglar, moliyaviy tashkilotlar va ko‘p tarmoqli sanoat korporatsiyalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Shuningdek, forumda Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri T.Aso, Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO), Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi, Yaponiya Biznes Federatsiyasi (KEYDANREN) rahbarlari ham qatnashdilar.Mazkur tadbirda Yaponiyaning 500 dan ortiq kompaniyalari va tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

Ushbu Forumda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sadikov ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilari O‘zbekistonda investitsiya va tashqi savdo faoliyatini olib borish uchun muayyan sektorda yaratilgan shart-sharoitlar bilan batafsil tanishish, hamkorlikning o‘zaro manfaatlari va istiqbollarini muhokama qilish hamda kelgusida birgalikda ishlab chiqish maqsadida, aniq loyiha takliflarini ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘ldilar.

Forum yakunida qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish borasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Biznes-forum O‘zbekiston va Yaponiya ishbilarmon doiralarining keng ko‘lamli yo‘nalishlardagi ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini yoritish uchun samarali maydon bo‘lib, yangi investitsiya tashabbuslari va savdo bitimlarini amalga oshirish orqali erishilgan kelishuvlarni mustahkamlash va sheriklik ko‘lamini kengaytirish uchun tegishli sharoit yaratish imkonini berdi.

Faylni tanlang