Mobil aloqa operatorlarining GSM, UMTS, LTE chastotalar diapazonidagi radioxalaqitlarga bo‘lgan murojaatlariga muvofiq, "EMMM" DUK Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati xodimlari tomonidan radioxalaqitlar manbalarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Olib borilgan ishlar natijasiga ko‘ra, radioxalaqitlarning sababi sifatsiz mobil aloqa repiterlaridan (kuchaytirgichlar) foydalanish bo‘lib, ularning texnik parametrlari 2022-yil
23-avgustdagi 707-sonli RChRK qaroriga mos kelmasligi aniqlangan.

Mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan 30 ta repiter egalarining hujjatlari radioxalaqitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga taqdim etildi.