"EMMM" DUK yangiliklari

Toshkent shahrida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar Mirobod tumani 3-son IIB HPB xodimlari “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda joriy yilning avgust oyida Toshkent shahar Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 50-uyda joylashgan “O‘z Makon” turar joy majmuasida tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro F.Saxipov tomonidan 4 dona Baofeng rusumli radioelektron vositalaridan radiochastota organining tegishli ruxsatnomalarisiz noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi va daliliy ashyolar Mirobod tumani 3-sonli IIB HPB xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib xolislar ishtirokida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

 photo2025-08-2816-07-43.jpg

 

Aniqlangan qoidabuzarlik  yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘limiga yuborildi.

 

 

 

Tayyorladi: “EMMM” DUK 1-toifali muhandisi Yu.Kuryazov

Faylni tanlang