"EMMM" DUK yangiliklari

Toshkent shahrida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizom ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar Chilonzor tumani IIO FMB 3-sonli IIB HPB xodimlari hamda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati mutaxassislari tomonidan joriy yilning 5-sentabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan “Darmon Servis” klinikasida  hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida “Darmon Servis” klinikasida  fuqaro Ergashev Doniyor hamda Igamberdiyeva Kamola Baxtiyorovnalar tomonidan “Baofeng BF-888S” rusumli radioelektron vositalaridan hozirgi kunda radiochastota organining tegishli  ruxsatnomalarsiz noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi. 

vdsvnyehn1000x494.jpg

Aniqlangan qoidabuzarlik  yuzasidan Toshkent shahar Chilonzor tumani IIO FMB 

3-sonli IIB HPB xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida REVlar vaqtinchalik olib qo‘yildi va qonunchilikda belgilangan tartibda hujjatlar chora ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘limiga yuborildi.

 

 

Tayyorladi: “EMMM” DUK 1-toifali muhandisi Yu.Kuryazov

Faylni tanlang