O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar Yashnobod tumani 3-sonli IIB HPB xodimlari hamda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda joriy yilning 28-yanvar sanasida Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan “BI SAN’AT” Turar joy majmuasida tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, “BI SAN’AT” Turar joy majmuasida elektr ustasi lavozimida ishlovchi fuqaro X.A. tomonidan “Baofeng BF-888S” rusumli radioelektron vositalaridan hozirgi kunda radiochastota organlarining tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan Toshkent shahar Yashnobod tumani 3-sonli IIB HPB xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida REVlari vaqtinchalik olib qo‘yildi va qonunchilikda belgilangan tartibda hujjatlar chora ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘limiga yuborildi.
Tayyorladi: “EMMM” DUK 1-toifali muhandisi Yu.Kuryazov