"EMMM" DUK yangiliklari

Toshkent shahrida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Hozirgi kunda “SpaceX” kompaniyasiga tegishli “Starlink” sun’iy yo‘ldosh tizimining  abonent qurilmalarini noqonuniy yo‘llar orqali respublikamiz hududiga olib kirish, sotish va ulardan foydalanish holatlari kuzatilmoqda. 

2024-yilning sentabr oyida “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassislari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi va tadbir davomida quyidagilar aniqlandi:

    1. Joriy yilning 7-sentabr sanasida Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi S.A. tomonidan 1 dona “STARLINK UTP-232C/UTR-232” rusumli sun’iy yo‘ldosh qurilmasi noqonuniy sotilayotgan paytda qo‘lga olingan.

    2. Joriy yilning 18-sentabr sanasida Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.O‘ga tegishli 1 dona “STARLINK UTR-232/UTA-232” rusumli sun’iy yo‘ldosh tizimini radiochastota organining tegishli ruxsatnomalarisiz noqonuniy foydalanib undan so‘ng sotayotganligi aniqlandi. 

Aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish  Departamenti xodimlari tomonidan barcha REVlar  ashyoviy dalillar sifatida vaqtinchalik olib qo‘yildi va tegishli tartibda hujjatlar to‘planib,  qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli organlarga yuborildi.

 

 

 

 

Tayyorladi: “EMMM” DUK RNTRX 1-toifali muhandisi Yu.Kuryazov

Faylni tanlang