O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassislari hamda Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (IIO FMB) 2-sonli ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi (IIB HPB) xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasida joylashgan qurilish obyektida fuqaro O.Madraximov tomonidan 6 dona “Baofeng” rusumli radioelektron vositalari (REV)dan noqonuy foydalanilayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan aniqlangan daliliy ashyolar Mirobod tumani IIO FMB 2-sonli IIB HPB xodimi tomonidan narsani olish dalolatnomasi rasmiylashtirilib, xolislar ishtirokida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘limiga yuborildi.
Tayyorladi: “EMMM” DUK 1-toifali muhandisi T.Karimov