Soha yangiliklari

Toshkent shahridagi Amiti universiteti talabalari Hindistonda

Joriy yilning 22–31-oktabr kunlari Hindistonning Noida shahrida joylashgan Xalqaro Amiti universitetining bosh kampusida Sangathan musobaqasi boʻlib oʻtdi. Talabalar 35 xil sport musobaqalari: badminton, basketbol, voleybol, karate, dzyudo, kriket, shaxmat, suzish, arqon tortish kabi bellashuvlarda sovrinlik o‘rinlarini qo‘lga kiritish uchun kurashdilar. Shuni alohida taʼkidlash joizki, Toshkent shahridagi Amiti universiteti talabalari oʻrtasida Sangathan musobaqasi oʻtkazilib, unda g‘olib boʻlganlar universitet hisobidan barcha xarajatlar qoplangan holda Hindistonda asosiy musobaqada qatnashdilar va Amiti boshqa kampuslari orasida faol ishtirok etdilar.
Faylni tanlang