Soha yangiliklari

Toshkent shahridagi Amiti universitetida “Graduate Recruitment” konferensiyasi boʻlib oʻtdi

Toshkent shahridagi Amiti universitetida “Graduate Recruitment” konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiyadan koʻzlangan asosiy maqsad bitiruvchilarni ishga qabul qilish sohasidagi xalqaro amaliyot bilan ishtirokchilarni tanishtirish va EMBRAS xalqaro HR mukofoti keyslari g‘oliblarini taqdim etishdan iborat. Konferensiya davomida bitiruvchilar mukofotida ishtirok etayotgan kompaniyalarning eng yaxshi amaliyotlari haqida umumiy muhokamalar olib borildi. Undan tashqari ta’lim sifatini oshirish, bitiruvchilarni ish beruvchilarning vazifalariga moslashtirish va turli sohalarning samaradorligini oshirish, muammolarini hal qilish doirasida eng yirik kompaniyalar tomonidan maktablar va universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishda qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar boʻyicha batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Panel muhokamasida 4 nafar yetakchi universitet rektorlari ham ishtirok etdilar. Ushbu konferensiya Amiti universiteti bilan nafaqat tajriba almashish, balki universitetlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi.
Faylni tanlang