Soha yangiliklari

Toshkent viloyatida “IT va yoshlar uchrashuvi” o'tkazildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va IT-Park Toshkent viloyati filiali mas’ullari tomonidan Toshkent viloyatining Bo'stonliq va Parkent tumani yoshlari bilan o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminar davomida ishtirokchilarga ularni dasturlash orqali o‘zini-o‘zi band qilish, “Bir million dasturchi loyihasi”ning imkoniyatlari, IT Park rezidenti bo‘lishning afzalliklari hamda elektron davlat xizmatlariga katta qiziqish bildirganliklari uchun Yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish (OneID), elektron raqamli imzo olish, ularni my.gov.uz xizmatlaridan foydalanishda qo‘llash kabi jarayonlar real vaqt rejimida ko‘rsatib berildi. Savol-javob va muhokamalar bilan davom etgan seminar ishtirokchilarining savollariga javob berildi.
Faylni tanlang