Soha yangiliklari

“Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarni tezlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi

Bugun, 11-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yaponiyaning “Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasi vakili Takasha Matsuda bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvdan asosiy maqsad – Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan. Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish bo‘yicha hukumat tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni davom ettirishga kelishildi.
Faylni tanlang