Joriy yilning 6-8 oktyabr kunlari “EMMM” DUK hududiy bo‘linmalarining radiomonitoring muhandislari uchun mobil tarmoqda test o‘lchovlarini o‘tkazuvchi “Rohde&Schwarz” uskunasi bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.
Ushbu kursda “EMMM” DUKning hududiy bo‘linmalari radiomonitoring muhandislaridan tashkil topgan 12 ta mutaxassis ishtirok etdi.
Trening davomida “Rohde&Schwarz” mutaxassisi Yuris Grantis uyali aloqa tarmogʻini ishlash sifatini chuqur tahlil qilish imkonini beruvchi “Smart Analytics Scene” dasturiy taʼminotni ishlashi boʻyicha nazariy va amaliy koʻnikmalarni berdi.
Kursning amaliy qismida tinglovchilar mobil aloqaning turli standartlarini o‘lchov natijalarini tahlilini qildilar. Shuningdek, dasturiy ta’minot yordamida mobil aloqa signalini turli texnik parametrlarining tahlili o‘tkazdilar.
Korxonamiz mutaxassislari zamonaviy “Rohde&Schwarz” dasturiy taʼminoti bilan ishlash boʻyicha qoʻshimcha professional koʻnikmalarga ega boʻldilar.