"EMMM" DUK yangiliklari

Trening markazida hududiy bo‘linmalarning radiooperatorlari uchun o‘quv kursi tashkillashtirildi

Joriy yilning 4–6 noyabr kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi Trening markazida Viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlarida faoliyat yuritayotgan radiooperatorlar uchun malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv kursining nazariy qismida:

Yer sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari. Ularning taraqqiyoti, qo‘llanilish sohalari va yangi standartlari;

Zamonaviy texnologiyalar 5G, 6G va sun’iy intelektning itegrallashuvi haqida tushunchalar berildi.

Amaliy qismida:

-o‘lchov metodikalaridan foydalanib o‘lchov rejimlari asosida (DDF-255, UMS-300, EB-500 va HL, HE, ADD) turidagi antennalar yordamida pelengatsiya va o‘lchashlarni amalga oshirish, KINH 04 hujjatiga muvofiq radiomonitoring tadbirlarini rejalashtirish, olib borish, qayd etish va ma’lumotlarni faolligini saqlash;

-TSME skaner va ROMES4 dasturiy ta’minoti yordamida o‘lchovlarni o‘tkazish va tahlillarini olib borish va harakatdagi radioaloqa standartlari, texnologiyalarini rivojlanish bosqichlari hamda ularning bugungi kundagi holati;

-TVvaRE (DVB-T2, DAB+) singallarini texnik parametrlarini o‘lchash, signal qamrov hududini aniqlashda nazariy hisob-kitoblarni amaliy o‘lchovlar bilan taqqoslash va o‘lchovlarni olib borishda qo‘llaniladigan ETL, EFL priborlarning imkoniyatlari;

Shuningdek, tinglovchilar bilan “O‘z ustida ishlash” uslubida mashg‘ulotlar olib borildi. Guruhlar alohida taqsimlangan mavzularga tayyorgarlik ko‘rdilar va jamoa ichida ushbu mavzularni yoritib berdilar.

photo2025-11-1016-43-27.jpg

photo2025-11-1016-43-32.jpg

photo2025-11-1016-43-39.jpg

photo2025-11-1016-43-45.jpg

photo2025-11-1016-43-50.jpg

photo2025-11-1016-43-55.jpg

photo2025-11-1016-44-00.jpg

photo2025-11-1016-44-05.jpg

photo2025-11-1016-44-11.jpg

Faylni tanlang