Joriy yilning 6-oktyabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning Trening markazida hududiy xizmatlarining radiomonitoring xodimlari uchun mobil aloqa xizmatlarini o‘lchovlarini o‘tkazish va jamlangan ma’lumotlarni tahlilini olib borishda qo‘llaniladigan “SWISSQUAL” dasturiy ta’minoti bo‘yicha treninglar boshlandi.
Uch kunlik treningda “FinGasCom AG” kompaniyasining mutaxassisi Mr. Juris Grantis “SWISSQUAL” dasturiy ta’minoti bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini olib boradi.


