EMMM yangiliklari

Turizm va IT

O‘zbekiston - sayyohlik salohiyatini keng rivojlantirayotgan davlatlar qatori katta ishlarni amalga oshirmoqda. Turizmni rivojlantirish iqtisodiyotning transport, aloqa, savdo-sotiq, qurilish, milliy hunarmandchilik, qishloq xoʻjaligi, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish kabi tarmoqlariga ragʻbatlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi va iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishning eng istiqbolli yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Hukumatimiz tomonidan turizmni rivojlantirishga oid chiqarilayotgan qonun va farmonlar  bu sohani  yanada rivojalanishiga katta yordam bermoqda.

Yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar qadimiy va ko‘hna tarixiy shaharlarimiz va obidalarni tomosh qilish bilan birgalikda, ekoturizm muhitidan ham bahramand bo‘lishmoqda. 

O‘z o‘rnida ta’kidlab o‘tish kerakki sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida turizm sohasiga IT sohasi chambarchas bog’lanmoqda. Sayyohlar tashrif buyurmoqchi bo‘lgan joylar to‘g‘risida ma’lumotlarni web saytlardan olishi, foto va videolarni boshqalarga uzatishi, tashrif buyurgan joy to‘g’risida ma’lumotlarni bir nechta tillarda tinglashi, mobil ilovalar va boshqa IT xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlaridan bahramand bo‘lishmoqda. Bu borada Respublikamizning barcha avtomagistral yo’llarida,  avtovokzal va temiryo’l vokzali hududlarida hamda shaharlarni bog’lovchi temir yo‘llari bo’ylab sifatli aloqani ta’minlash maqsadida “EMMM” DUK tomonidan radiomonitoring tadbirlari olib borilmoqda, hamda uyali aloqa korxonalari bilan hamkorlikda ushbu hududlarda  sifatli va tez internet tarmog‘i bilan ta’minlanmoqda. 

     Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi Sh.K. Mirzaaxmedov.

Faylni tanlang