Soha yangiliklari

Bizda yana bir yangi xizmat!

My.gov.uz portalida “Sportchilar uchun sport pasportini olishga ariza berish” xizmati ishga tushirildi. 

Xizmatdan onlayn foydalansangiz, 10% arzon ham to‘laysiz!

Masalan: 

– ariza joyiga chiqib berilganda — 55 000 so'm (BHMning 1/6 (oltidan bir) qismi)  

– my.gov.uz orqali topshirilganda – 49 500 so‘m (0,15 BHM) davlat boji undiriladi.

Sportchi pasportining amal qilish muddati — 5 yil.

My.gov.uz orqali ariza yuborilgach, sport pasporti 6 ish kunida tegishli sport tashkilotiga yetkazib beriladi.

Sportchi pasporti ikkinchi o‘smirlar sport razryadidan past bo‘lmagan razryadga ega, tegishli sport turi bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.

Xizmatdan onlayn foydalanish juda oson va qulay!

Faylni tanlang