EMMM yangiliklari

O‘quv soati

Joriy yilning 14-noyabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

 

O‘quv soatida, Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar mutaxassisi N.Obidova tomonidan UNICEFning O‘zbekistondagi bolalar va o‘smirlar vaziyatining tahlili materiali haqida ma’lumotlar berildi.

 

Shuningdek, Ma’muriy-xo‘jalik xizmati yetakchi muhandisi A.Sidiqxodjayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-940-son Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi. 

Faylni tanlang