"EMMM" DUK yangiliklari

Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tashkil etilgan o‘quv darslari

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 12.01.2019 yildagi 1-sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati ishchilari Namangan viloyati Favqulotdda vaziyatlar boshqarmasida 15 soatlik o‘quv darslarida ishtirok etdilar.

O‘quv darslari davomida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ularning talofatlarini bartaraf etish, favqulodda vaziyatlar natijasida shikastlanganda o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam berish, xavfli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish, baholash va ulardan muhofazalanish yo‘llarini topishni o‘rganish masalalari ko‘rib chiqildi. Ma’ruzachilar, shuningdek, zilzila vaqtida, yong‘in chiqqan holatlarda, uy sharoitida va ishxonada, kundalik hayotimizda bexosdan sodir bo‘ladigan favqulodda vaziyatlarda qanday yo‘l tutish zarurligi haqida hayotiy misollar bilan gapirib, ishchilarga tegishli tushunchalarni berib o‘tdilar.


Ma’ruzachilar favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish haqida gapirib, bunda har bir inson birinchi, tezkor qutqaruvchi ekanligini alohida ta’kidladilar. Masalan, favqulodda hodisalar tufayli inson qon tomirlari kesilishi oqibatida yoki odam hushidan ketgan holatda birinchi tibbiy yordam kelgunicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni misollar tariqasida tushuntirib berdilar. Xizmatimiz ishchilarini qiziqtirgan savollarga javob qaytarar ekanlar, baxtsiz hodisalar vaqtida amal qilinishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan kerakli tushunchalar va yo‘l-yo‘riqlar ham berib o‘tildi.

Darslar so‘ngida ma’ruzachilar ishchilarmizni qiziqtirgan savollariga javob qaytarar ekanlar, baxtsiz hodisalar vaqtida amal qilinishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan kerakli tushunchalar va yo‘l-yo‘riqlar ham berib o‘tdilar.


 

O‘quv darslari yakunida xizmatimiz ishchilariga tegishli sertifikatlar topshirildi.

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX 2-toifali muhandisi X.U.Qosimova

Faylni tanlang