Joriy yilning 21-noyabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.
O‘quv soatida, Transport va logistika bo‘limi yetakchi muhandisi M.Jo‘rayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “G‘ildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2020-yil 30-yanvardagi 50-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan Yevro-4 ekologik toifa talablariga mos keladigan “M” va “N” toifalardagi g‘ildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash tartibini belgilaydi.
O‘quv soat davomida, Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi muhandisi M.Djalilov korxonaning xalqaro faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, Axborot xavfsizligi va dasturiy mahsulotlarni ta’minlash bo‘limi yetakchi muhandisi D.Li tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligining “Axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risida”gi 2024-yil 19-noyabrdagi 29-8/7757-sonli xati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.