Aytib o‘tishimiz joizki, axborot texnologiyalari hozirgi vaqtga kelib eng shiddat bilan rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillar ichida ko‘plab ixtirolar va yangiliklar yaratilmoqda, hamda sohaga tezlik bilan tadbiq etib kelinmoqda. Shu yilning 21-dekabr sanasida Navoiy EMMX binosida o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda soha yangiliklari, sohaga kirib kelayotgan yangi ilg‘or texnologiyalar va ularning texnik imkoniyatlari haqida, shuningdek, sohamizda foydalaniladigan qonunchilik va ularga kiritilgan yangi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, bizning sohamizga tegishli bo‘lgan eng muhim hujjat bu "Radiochastota spektri to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunidir. Seminar qatnashchilariga ushbu qonunning mazmun-mohiyati haqida izchil tushuntirish ishlari olib borildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-sonli qarori haqida tushuntirib o‘tildi.

Seminar davomida qatnashchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan turli xil savollar berildi. Shulardan biri bu - 5G texnologiyasi va uning texnik imkoniyatlari to‘g‘risida bo‘ldi. So‘nggi vaqtlarda sohamizdagi eng muhim yangiliklardan biri bo‘lib 5G texnologiyasini kirib kelayotganligini inobatga olgan holda, respublikamiz hududida 5G texnologiyasining tadbiq qilinishi to‘g‘risida so‘z yuritildi. Seminar qatnashchilariga 5G texnologiyasining undan oldingi uyali aloqa avlodlaridan afzalliklari, imkoniyatlari va umumiy texnik xususiyatlari haqida ma’lumot berildi. Seminar savol-javob yo‘sinida qiziqarli olib borildi.

Tayyorladi: Navoiy viloyati EMMX muhandisi S.E. Ermamatov