"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Nukus tuman ichki ishlar bo‘limida o‘quv-seminar o‘tkazildi

Нuquq tartibot organlari bilan hamkorlikda faoliyat olib borish rejasiga muvofiq, joriy yilning noyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati mutahassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Nukus tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkib xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi 801-son qarorining 5-ilovasi “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizom va boshqada sohamizning qonun osti va me’yoriy hujjatlari talablari bilan tanishtirish maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi.

O’quv seminar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari tomonidan o‘z chiqishlari davomida hududimizda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni foydalanish tartibi hamda aniqlangan holatlar bo‘yicha hamkorlikda ishlash mexanizmlari to‘g‘risida ma‘lumotlar seminar qatnashchilariga batafsil tushuntirildi.

Seminar yakunida tinglovchilar tomonidan radiomonitoring tashkil etish va elektromagnit moslashuvni ta‘minlash yo‘nalishida o‘zlarining qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar oldilar.

 

QR EMMX 2-toifali muhandisi

N.Narimov

 

Faylni tanlang