"EMMM" DUK yangiliklari

Huquq tartibot idoralari bilan o‘quv seminar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son Qaroriga muvofiq radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni 2022-yil mobaynida tashkil etish bo‘yicha o‘zaro tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati EMMX xodimilari tomonidan 2022-yil 18-yanvar kuni Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv-seminarda asosan respublika hududida ishlatishga ruxsat etilmagan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarga jalb qilingan Ichki ishlar boshqarmasining nazorat ishlarini olib boruvchi xodimlari ishtirok etishdi.

Jizzax viloyati EMMX

1-toifali muhandisi M. Ashirmatov


 

Faylni tanlang