Soha yangiliklari

Latviya Respublikasi bilan AKT sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda

Bugun, 27-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Reynis Troshka bilan onlayn muloqot tashkil etildi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi. Uchrashuvda AKT sohasidagi dolzarb yo‘nalishlarda, jumladan, IT Park faoliyatini takomillashtirish, AKT sohasida kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, muloqot davomida “StartUp Latvia” bilan qo‘shimcha bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar berildi. Shu jumladan, IT Park va “Startup Latvia” bilan birgalikda qo‘shma hamkorlik qilish, xorijiy ekspertlarni jalb etish, shuningdek, tajriba almashish va O‘zbekiston IT-bozoriga qiziquvchi latviyalik kompaniyalarning tashriflarini tashkil etish bo‘yicha takliflar berildi.
Faylni tanlang