Soha yangiliklari

O‘zbekiston va Hindiston texnoparklari o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanmoqda

Bugun, 21-dekabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasining Hindiston dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati (STPI) vitse-prezidenti Devesh Tyagi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos qatnashdi. Uchrashuv chog‘ida IT Park markaz va filiallarida trening va turli tadbirlarni o‘tkazish maqsadida hindistonlik mutaxassislarni jalb qilish, IT Park kompaniya rezidentlari mahsulotlarini chet el bozorida ilgari surish, birgalikda ko‘rgazma va forumlarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek , STPI kompaniya a’zolari uchun O‘zbekistonga biznes safarlarni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston va Hindiston texnoparklarida xodimlarning malaka oshirishlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Ma’lumot uchun: Hindiston dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati (STPI) 1991-yilda Hindistonda dasturiy ta’minotning eksportini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Mazkur jamiyat dasturiy mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirishga va eksport qilishga ko‘mak beradi, AKT sohasiga oid qonunchiligi bo‘yicha konsalting xizmatlarini taqdim etadi.
Faylni tanlang