Soha yangiliklari

AKT sohasida oʻzbek-yapon hamkorligi mustahkamlanmoqda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasi vitse-prezidenti Xideki Yanase va “NEC Corporation” kompaniyasi katta vitse-prezidenti Shigeru Okuya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.  
 
Muloqot davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC), ushbu mamlakatning tijorat banklari kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan “Maʼlumotlar uzatishning magistral va multiservis tarmogʻini kengaytirish” hamda “IMS texnologiyasi boʻyicha kommutatsiya markazlarini modernizatsiyalash” investitsiya loyihalarining amaliy jihatlari muhokama etildi. Yaponiyalik hamkorlar tomonidan loyihani amalga oshirish doirasida oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarishga, shu jumladan, jadval asosida uskunalarni oʻz vaqtida yetkazib berishga tayyor ekanliklari bildirildi. 
 
Shuningdek, zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarini tatbiq etishning istiqbolli loyihalari boʻyicha fikr almashildi.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang