Soha yangiliklari

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar bilan sheriklik aloqalari mustahkamlanmoqda

Bugun, 25-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Turkiy davlatlar tashkiloti​ bosh kotibi Bag‘dod Amreyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlarning raqamli integratsiyasini yanada oshirishga qaratilgan, jumladan, elektron hukumat, telekommunikatsiya, mobil aloqa sohalarida hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi. BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish kabi muhim va istiqbolli yo‘nalishga alohida e’tibor qaratildi. Taʼkidlanganidek, bugungi kunda Oʻzbekiston IT-biznes uchun berilayotgan imtiyozlar tufayli oʻzining investitsion jozibadorligini oshirmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda aholining yarmidan ko‘prog‘ini bilimli yoshlar tashkil etishi muhim afzalliklaridan biridir. Shuni hisobga olgan holda, kelgusida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlardagi IT kompaniyalar O‘zbekistonda o‘z filiallarini ochishi va IT mutaxassislarni keng jalb qilishlari mumkin bo‘ladi. Yig‘ilishda 2022-yil 24-26-oktabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan “ICT Week Uzbekistan” xalqaro raqamli forumida ushbu tashkilotga a’zo kompaniyalarning ham ishtirok etish taklifi ilgari surildi.
Faylni tanlang